
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida o‘z o‘g‘lini befarzand oilaga sotishga uringan ayol jazolandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 3 nafar farzandli ayol 6 yoshli o‘g‘lini 8—10 yildan beri farzand ko‘rmagan oilaga 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandi hamda kodeksning 57-moddasini qo‘llanilib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Ayolning farzandlari esa mehribonlik uyiga topshirilgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u o‘gay onasinikida yashagan. Uy olib, hech bo‘lmasa, ikki bolasi bilan yaxshi yashayman, boshqa oilaga bergan bolasini sog‘inganda borib ko‘rib turaman, degan niyatda shu ishga qo‘l urgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar