Foto: «Turan-travel.com»
Kundalik taomnomaga kiritilgan ba’zi mahsulotlar inson umrini qisqartirishi mumkin. Bu haqda amerikalik diyetolog Mayo Ketrin Zeratski so‘zlariga tayanib Eat This, Not That sayti xabar berdi.
Mutaxassisning aytishicha, qand, qizil go‘sht, qovurilgan va yarim tayyor mahsulotlarni iste’mol qilish hayot sifati va davomiyligiga ta’sir qilishi mumkin. Spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida aytilganlarning hammasini Zeratski taomnomadan chiqarib tashlashni maslahat beradi.
Diyetologning ta’kidlashicha, qizil go‘sht saraton va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Bekon, kolbasa va konservalar ham xavfli.
Non va yarim tayyor mahsulotlar tarkibida qand va to‘yingan yog‘lar ko‘p. Bu taomlarning kaloriyasi yuqori, lekin oziqlantiruvchi moddalari kam.
Zeratski issiqlik bilan minimal ishlov berilgan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya etadi. Chunki ularda foydali moddalar ko‘proq saqlanib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?