12:55 / 28.09.2021
911

«O‘zimga yuklatilayotgan mas’uliyatni juda yaxshi his qilib turibman» – Shavkat Mirziyoyev

«O‘zimga yuklatilayotgan mas’uliyatni juda yaxshi his qilib turibman» – Shavkat Mirziyoyev
Bugun, 28 sentabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilgan saylovchilar bilan uchrashuvda ishtirok etmoqda.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, Bag‘dod tumani “Guliston” mahallasida tashkil etilgan uchrashuvda nomzod olqishlar va “Mirziyoyev-Mirziyoyev” degan hayqiriqlar bilan kutib olindi.

Tadbirni senator, shoira Enaxon Siddiqova ochdi va an’anaga ko‘ra nomzod haqida ma’lumotlar taqdim qildi. Shundan keyin nomzodga so‘z berildi:

Buyuk ziyolilar, shoirlar yurti bo‘lgan Farg‘ona viloyatiga kelganimdan mamnunman. Butun respublika bo‘yicha kezib, o‘tgan 5 yildagi ishlarimizni sarhisob qilyapmiz, yangi rejalarimizni tanishtiryapmiz.

Bugungi Farg‘ona yoki Bag‘dod kechagi emas, o‘zimiz ham kechagi odamlar emasmiz. Menga ishonch bildirib, nomzod sifatida ko‘rsatganingiz uchun katta rahmat. Bugungi globallashuv jarayonida, tahlikali zamonda men o‘zimga yuklatilayotgan mas’uliyatni juda yaxshi his qilib turibman.

Bu yerga kelguncha bir xonadonga kirdim va tanishgan oilamning shukronasini eshitib ko‘nglim ko‘tarildi. Dilimdan bir fikr qayta o‘tdi – qilsa bo‘lar ekan-ku!

Xudo xohlasa, menga qancha umr bersa shu xalqimga, jumladan farg‘onaliklarga xizmat qilaman
” – dedi prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zimga yuklatilayotgan mas’uliyatni juda yaxshi his qilib turibman» – Shavkat Mirziyoyev
[/banner_pushhouse