O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan «O‘zbekiston matbuoti» jurnalining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Taqdimotda yana bir jadid-yozuvchi Abdulla Qodiriy asos solgan, hajv va satira yo‘nalishidagi eng mashhur jurnal «Mushtum» ham qayta tiklanmoqda. Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarovga ko‘ra, «Mushtum» jurnalining tiklangan ilk nashri bosilish arafasida turibdi.
Yuzlab tanqidiy maqolalar, feletonlar jamiyatni turli illatlardan tozalashda «Mushtum»ning asosiy quroli hisoblangan. Halol va oshkora tanqid jamiyat va odamlar uchun haqiqiy malham bo‘lishiga erishish jurnalning bosh mezonidir. Jurnalning sahifalarida muhim voqealarga bag‘ishlangan feleton, pamflet, hajviya va boshqa qiziqarli tanqidiy materiallar yoritiladi.
Jurnalning qaysi mablag‘lar hisobidan qayta tiklanayotgani haqida hozircha ma’lumotlar ochiqlanmagan. Uyushma raisiga ko‘ra, «Mushtum» jurnalining taqdimotida bunga oydinlik kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi