Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan tajriba haqida gapirib o‘tdi.
— Viloyatning jami 15 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari ochiq tanlov asosida aholiga ajratiladi. Agar bu tajriba tez orada o‘z samarasini bersa, yana kamida shuncha paxta va g‘alla maydonlari kamaytirilib, meva-sabzavot yetishtirishga ajratiladi.
Men uchun paxta muhim emas. Eng muhimi — ekiladigan ekin xalqimizga manfaat olib kelsin, foyda keltirsin. Biz yaxshi yashashga, oyoqqa turishga harakat qilishimiz, izlanishimiz kerak. Shu yurtni ko‘tarish uchun hammamiz birdek harakat qilishimiz shart, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin