00:35 / 17.10.2021
2 614

Samarqanddagi bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlayotganda ushlandi

Samarqanddagi bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlayotganda ushlandi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlagani tasvirlangan video tarqalgan. Holat bo‘yicha viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, holat tasdiqlangan va bog‘cha mutasaddilarining xatti-harakatlariga huquqni muhofaza qilish boshqarmasi qonuniy baho beradi.

Ma’lum qilinishicha, Paxtachi tuman Hayit Elbegi mahallasida joylashgan 28-sonli bog‘cha bosh oshpazi O‘.A. pishirilgan 4,7 kilogramm go‘shtni olib avval kirxonaga yashirib qo‘ygan. So‘ng uni bog‘chaning xo‘jalik mudirasi M.E.ga bergan.

Xo‘jalik mudirasi M.E. 4,7 kilogramm pishirilgan go‘shtni bog‘cha hovlisidan olib chiqib ketayotganda shu bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlaydigan N.N hamda M.U tomonidan to‘xtatib qolingan va holat video va audio shaklda yozib olingan.

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha bog‘cha bosh oshpazi O‘.A. hamda xo‘jalik mudirasi M.E. bilan suhbat o‘tkazilganda ular 28-bog‘cha direktori Sh.U.ning topshirig‘i va ko‘rsatmasiga binoan anchadan buyon go‘sht o‘g‘irlashlarini aytishgan. Ular bog‘cha tarbiyachilari N.N hamda M. U.ning aytgan gaplarini va ular tomonidan olingan video va audio yozuvlardagi lavhalar to‘g‘ri ekanini o‘z tushuntirish xatlarida tasdiqlagan.

Ta’kidlanishicha, hozirda 28-bog‘cha bosh oshpazi O‘.A. va xo‘jalik mudirasi M.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

«28-maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi mutasaddi tashkilotlar tomonidan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz», deyiladi munosabatda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqanddagi bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlayotganda ushlandi