09:06 / 17.10.2021
3 105

Toshkentda 16 yoshli qiz mashina haydovchisinini bo‘yniga pichoq tortdi

Toshkentda 16 yoshli qiz mashina haydovchisinini bo‘yniga pichoq tortdi
Toshkentda «Spark» avtomobilidagi yo‘lovchi qiz haydovchining bo‘yniga bir necha bor pichoq tortdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, shaharda o‘tkazilayotgan reyd tadbiri vaqtida ichki ishlar xodimlari yo‘lovchi va haydovchi o‘rtasidagi mojaro haqida xabar topgan.

«Xadra tomondan Xalqlar do‘stligiga qarab harakatlanib kelayotgandim. Bekatda bir qiz taksi to‘xtatib turgan ekan. Oldiga borib to‘xtadim va qayerga borishini so‘radim. Bir bekat nariga — metrogacha, dedi. Aynan qaysi metro, yo‘limizda ikkita bekat chiqadi, deb so‘radim. Mana shu birinchi bekat, dedi. Xo‘p deb, mashinaga chiqardim. Narx-navosini ham gaplashmadik.

300–350 metrdan keyin chorraha yaqinlashdi, oldimda 84-avtobus bor ekan. Shu avtobus bilan orqama-ketin yurib keldik. Avtobus o‘ng tomonga harakatlanib, bekat tomon kirayotganda men ham sekinlashib, «povorotnik»ni yoqdim. Orqada o‘tirgan qizni bekatda tushirmoqchi bo‘lib sekinlashganimda birdaniga pichoq tortib qoldi.

Avval bo‘ynim achishganday bo‘ldi, nima bo‘layotganini anglamadim. Keyin avtobusning orqasiga borib urildim. Mashinadan tushib, bekatdagi odamlardan yordam so‘radim. Qiz esa pichoq tirashda davom etdi. 10 sekundlarda o‘zimga kelib olganimdan so‘ng qarasam, hech kim yordam bermayapti. Qizning qo‘lini qayirib, odamlardan «102»ga qo‘ng‘iroq qilishini so‘radim.

Ayrim odamlar buni noto‘g‘ri tushunib, bu qizga nega ozor beryapsan, dedi. Keyin bo‘ynimni ko‘rsatib, mana pichoq tortib yubordi. Iltimos, yordam beringlar, deganimdan keyin hamma qizni o‘rab oldi. «102»ga telefon qilishdi
», — deydi haydovchi.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi unga tegajaklik qilmoqchi bo‘lgan va u bundan qo‘rqib, erkakning bo‘yniga pichoq tortgan.

«Darhol pichoqni olib, bo‘yniga tiradim. Uni to‘g‘ri ushlaganmi yoki yo‘q, buni bilmayman. Men uni shunchaki qo‘rqitmoqchi edim. Keskin harakat qilgan payti tegib ketgan bo‘lishi mumkin. Lekin unga pichoqni qattiq tiradimmi yoki yo‘q, bilmayman, to‘g‘risi.

Mashinadan birinchi u tushdi. Keyin esa men unga yo‘qol-yo‘qol, dedim. Biror nima qilib qo‘yishidan qo‘rqdim... U ustalar ishlatadigan pichoq edi
», — deydi voqea qahramoni.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 16 yoshli qiz mashina haydovchisinini bo‘yniga pichoq tortdi