19:19 / 18.10.2021
685

Surxondaryoda YPX inspektoriga pora berishga uringan fuqaro ushlandi

Surxondaryoda YPX inspektoriga pora berishga uringan fuqaro ushlandi
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida YPX inspektoriga pora berishga uringan fuqaro qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 17 oktabr kuni soat 8:00 larda Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPXO 4-safarbar guruh katta inspektori katta serjant O‘.Berdiyev Jarqo‘rg‘on-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishida harakatlanayotgan «GAZ-53» yuk mashinasi davlat raqam belgisini taqib yurish talablarini buzganligi uchun to‘xtatib, haydovchidan tegishli xujjatlarini so‘ragan.

Haydovchi shaxsini tasdiqlovchi va avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi xujjatlarini taqdim eta olmagan. Shundan so‘ng YPX inspektori tegishli tartibda dalolatnoma tuzib, mashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirgan.

Oradan biroz o‘tib haydovchining akasiman deb o‘zini tanishtirgan fuqaro Z. I YPX inspektorining yoniga kelib mashina boshqa birovniki ekani, ukasi uni ishonchnomasiz boshqarib kelganini, ukasiga nisbatan rasmiylashtirilgan bayonnomani yo‘q qilib, mashinani jarima maydonidan chiqarib berishini so‘rab, evaziga 1 million so‘m pora taklif qiladi.

O‘z navbatida YPX inspektori haydovchiga pora berish jinoyat ekanini tushuntiradi. Ammo haydovchi unga to‘xtovsiz pora taklif qilaverganidan so‘ng haydovchiga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rishni so‘rab viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bergan.

Qayd etilishicha, shu kunning o‘zida IIV SHXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Gumondor Z.M. Jarqo‘rg‘on tumani YPX maskanida xizmat olib borayotgan katta serjant O‘.Berdiyevga 970 ming so‘m miqdordagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan hozirda fuqaro Z.M.ga nisbatan Jarqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda YPX inspektoriga pora berishga uringan fuqaro ushlandi