19:45 / 20.10.2021
1 193

Qaysi vazir (hokim) o‘zbek tilida ravon gapirishi aniqlandi

Qaysi vazir (hokim) o‘zbek tilida ravon gapirishi aniqlandi
Vazir va hokimlar hukumatning yuzi hisoblanadi, hamisha keng jamoatchilik kuzatuvida bo‘ladi. Ularning qaysi biri rasmiy va norasmiy tadbirlar, uchrashuvlar chog‘i muloqotda o‘zbek tili imkoniyatlaridan unumli foydalanadi deb o‘ylaysiz?

Aholining ayni shu masaladagi fikrini o‘rganish maqsadida Oyina.uz portali telegram kanalida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda 30 544 nafar ishtirokchi o‘zi ma’qul ko‘rgan nomzodga ovoz bergan.

So‘rovnoma natijalari quyidagicha:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov – 5 476 ta;
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov – 3 805 ta;
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov – 3 327 ta;
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov – 2 056 ta;
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov – 1 871 ta;
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov – 1 314 ta;
Qurilish vaziri Botir Zokirov – 975 ta;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov – 804 ta;
Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov – 789 ta;
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov – 686 ta;
Favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxan Xudaybergenov – 629 ta;
Transport vaziri Ilhom Mahkamov – 507 ta;
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov – 180 ta;
Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev – 180 ta;
Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev – 151 ta;
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov – 112 ta;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov – 106 ta;
Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov – 105 ta;
Moliya vaziri Temur Ishmetov – 63 ta;
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov – 61 ta;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov – 39 ta;
Energetika vaziri Alisher Sultonov – 33 ta;
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev – 22 ta.

O‘zbek tilida eng ravon gapiradigan hokimni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomada esa ovozlar soni quyidagicha bo‘ldi:
Qobil Tursunov (Navoiy) – 2 482 ta;
Erkinjon Turdimov (Samarqand) – 1 662 ta;
Zoyir Mirzayev (Qashqadaryo) – 525 ta;
Shuhrat Abdurahmonov (Andijon) – 412 ta;
To‘ra Bobolov (Surxondaryo) – 380 ta;
Farhod Ermanov (Xorazm) – 371 ta;
Shavkat Abdurazzaqov (Namangan) – 335 ta;
Xayrulla Bozorov (Farg‘ona) – 328 ta;
Jahongir Ortiqxo‘jayev (Toshkent sh.) – 247 ta;
Botir Zaripov (Buxoro) – 218 ta;
Ergash Soliyev (Jizzax) – 122 ta;
G‘ofurjon Mirzayev (Sirdaryo) – 96 ta;
Davron Hidoyatov (Toshkent vil.) – 75 ta.

Eslatilishicha: hech bir so‘rovnoma mutlaq haqiqatni aks ettirmaydi, tugal xulosa chiqarishga asos bo‘lmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Qaysi vazir (hokim) o‘zbek tilida ravon gapirishi aniqlandi