16:23 / 24.10.2021
1 760

Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar

Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar
Foto: Pinterest
Insult — miya qon tomirlarining eng shafqatsiz kasalligidir. Insult qo‘l-oyoqlar harakati, aqliy tomondan esa so‘zlashishning buzilishiga olib keladi. Insult bo‘lgan bemorlarning 70—80 foizi nogiron, ularning 30—35 foizi esa boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo‘ladi.

Biroq insult bo‘lishdan bir necha kun avval namoyon bo‘ladigan erta alomatlar mavjud. «Nevrologiya» jurnalida chop etilgan tadqiqotlarga ko‘ra, insult bo‘lgan bemorlar avvaliga mini-insultni boshdan kechiradi. Uning alomatlari to‘liq insultdan 5—7 kun oldin paydo bo‘ladi.

Zaiflik, gapirishga qiynalish, ko‘rish muammosi
Yuz, qo‘l yoki oyoqlaring bo‘shashishi yoki zaifligi, ayniqsa, tananing bir tomonida kuzatiladi. Diqqatni jamlash va gapirishda qiyinlik yuzaga keladi. Bir yoki ikkala ko‘zning ko‘rish qobiliyati pasayadi. Bu belgilar ma’lum vaqt oralig‘ida paydo bo‘lib, yana qaytarilishi mumkin.

Yurish paytida muvozanatning yo‘qolishi
Oyoqlarning chalkashishi, harakatda aniqlikning yo‘qoligi, tik tura olmaslik, ko‘pincha bir tomonlama bo‘ladi, o‘tib ketib yana bir necha soat yoki kunlar ichida qaytariladi.

Bosh og‘rig‘i
To‘satdan boshda og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq faqat dorilar ta’sirida bartaraf etilishi mumkin, lekin biroz muddatdan so‘ng yana kuzatiladi. Bu belgi insult bo‘lishdan bir necha kun oldin yuzaga kelishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, bosh og‘rishi insult bo‘lganlarning 65 foizida kuzatilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar paydo bo‘lganda zudlik bilan nevropatolog shifokoriga murojaat qilish kerak.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar