22:48 / 26.10.2021
1 665

Surxondaryoda o‘zi va ikki nafar farzandini suvga tashlashga uringan ayol to‘xtatib qolindi

Surxondaryoda o‘zi va ikki nafar farzandini suvga tashlashga uringan ayol to‘xtatib qolindi
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 24 yoshli ayol ikki nafar farzandi bilan o‘zini kanalga tashlashga uringan vaqtida IIB xodimi tomonidan to‘xtatib qolindi. Bu haqda MY5 telekanalining «Markaziy studiya» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 20 oktabr kuni soat 09:30 larda Muzrabot tumanida istiqomat qiluvchi D. ismli ayol oilaviy kelishmovchiliklar sabab o‘z joniga qasd qilishga uringan. U o‘zi, 4 yoshli o‘g‘li hamda 2 yoshli qizining joniga qasd qilish maqsadida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Zang kanali ustiga kelgan.

Ushbu hududda xizmat olib borayotgan IIB xodimi inspektor B.A. ayolning xatti-harakatlaridan u o‘z joniga qasd qilmoqchi ekanini payqab, uni ushlab qolgan va blokpostga olib kelgan.


«Ayolga bu noto‘g‘ri ishligini tushuntirdim. U esa yaqinlashsam, o‘zini suvga tashlamoqchi ekanini aytdi», — deydi inspektor.

Ayol bilan tushuntirish ishlari olib borilib, u Muzrabot tumani IIBga yetkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda o‘zi va ikki nafar farzandini suvga tashlashga uringan ayol to‘xtatib qolindi