11:33 / 27.10.2021
1 651

Toshkentda “Matiz” 4 kishini urib ketgan. Ulardan hech kim xabar olmagani aytilmoqda (video)

Toshkentda “Matiz” 4 kishini urib ketgan. Ulardan hech kim xabar olmagani aytilmoqda (video)
15 oktabr kuni kechqurun Toshkentning Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan “Matiz” yo‘l chetida turgan fuqarolarni urib ketgan. Holat bo‘yicha biror chora ko‘rilgan-ko‘rilmagani hozircha noma’lum, deb yozadi Kun.uz.

Jabrlanuvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, YTH natijasida 4 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.

Barcha jabrlanuvchilar qarindoshlarmiz. O‘zim Tapoichga yotdim, toz suyagim singan. Hali yana uch oy yotishim kerak ekan. O‘g‘limning son suyagi va boldiri singan, nevaramning bosh suyagi singan. Singlim neyroxirurgiyada yotibdi. Uning miyasi chayqalgan, toz suyagi va yettita qovurg‘a suyagi singan”, – deydi u.

Jabrlanuvchiga ko‘ra, shuncha og‘ir tan jarohatlariga qaramay, ular bilan ichki ishlar organlaridan hech kim bog‘lanmagan.

Voqeadan keyin tez yordam shifoxonaga olib bordi. Shundan keyin “hey, sizlarga nima bo‘ldi?” deydigan odamning o‘zi yo‘q. Birorta melisa kelmadi. Hech kim xabar olgani yo‘q. Pul bilan yopib yuborishmoqchi shekilli”, – deydi u.

Kun.uz holat bo‘yicha ma’lumot olish uchun IIV YHXBB bilan bog‘landi. Biroq hozircha holat surishtirilayotganidan boshqa ma’lumot berilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda “Matiz” 4 kishini urib ketgan. Ulardan hech kim xabar olmagani aytilmoqda (video)