Qashqadaryoda «Nexia» gaz balloni portladi: ikki kishi og‘ir ahvolda

Qashqadaryoda «Nexia» gaz balloni portladi: ikki kishi og‘ir ahvolda
27 oktabr kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida joylashgan «Fayz» nomli choyxona binosining ro‘parasida to‘htab turgan, haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan I.N. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonda portlash sodir bo‘lgan.

YHXBB xabariga ko‘ra, hodisa natijasida haydovchi I.N. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 2003 yilda tug‘ilgan Sh.S. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qashqadaryoda «Nexia» gaz balloni portladi: ikki kishi og‘ir ahvolda
Mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani IIB, FVB va prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar