Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Toshkent davlat pedagogika universitetida talaba qizga dekan o‘rinbosari tomonidan tegajog‘lik qilingani aytilgan xabar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
«Peduniversitetda ro‘y bergan voqeaga o‘xshagan holatlar haqida har gal eshitganimda etim jimirlab ketadi.
Mening ham to‘rt qizim bor. Bir kun kelib, ular ham voyaga yetadi, mustaqil hayotga qadam qo‘yadi. Men har doim ham ularning yonida bo‘lmayman. Xudo ko‘rsatmasin, qizimni birov xafa qilgudek bo‘lsa, o‘sha odamni nima qilib qo‘yishimni tasavvur qilolmayman. Tasavvur qilishni ham xohlamayman.
Bunaqa ***lar Yer yuzidan qirilib ketsin, menga qolsa. Ayniqsa, ta’lim tizimidan bundaylarni tag-tugi bilan quritish kerak», — deydi Allamjonov.
Shuningdek, Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaning Senat, Bosh prokuratura, IIV va OAVning harakatini birlashtiradigan yirik loyiha yaratish kerakligi haqidagi fikriga qo‘shilishini ma’lum qilgan.
«Men ushbu loyihani ishga tushirish tarafdoriman, uni yuz foiz qo‘llab-quvvatlayman. Hamma otalarni shu g‘oya atrofida birlashishga va har bir qizni o‘z farzandidek himoya qilishga chaqiraman. Toki, qizlarimizning yonida himoya qiladigan kimdir doim topilsin», — deydi Komil Allamjonov.
Ma’lumot uchun, 18 oktabr kuni 20 yoshli M.K. Zulfiya mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Y.ning xonasiga kirgan. 37 yoshli dekan o‘rinbosari B.Y. qizdan kutib turishini so‘ragan. Qizning aytishicha, xonadan hamma chiqib ketgach, dekan o‘rinbosari charchaganini aytib, undan qahva damlab berishni so‘ragan. Qiz qahva damlamoqchi bo‘lganida erkak eshikni ichkaridan qulflab, chiroqni o‘chirgan. M.K. nimanidir sezganday yaqin do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, tezroq yetib kelishni so‘ragan, xonadan chiqay desa, erkak uni ushlab olib, xonasidagi divanga yotqizmoqchi bo‘lgan.
Qiz qarshilik ko‘rsatgan, eshikning u tarafida esa qizning do‘sti kelib, eshikni ochishni so‘ragan. M.K. amallab oyna oldiga kelib, yordamga chaqira boshlagan. Shunda qizning aytishicha, erkak uni derazadan itara boshlagan. U qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin kuchi yetmay, oynadan pastga tushib ketgan. Dekan o‘rinbosari esa derazani yopib, jalyuzini tushirgan va eshikni ochgan. Qizning do‘sti dekan o‘rinbosarini olib, pastga tushgan. Atrofda yig‘ilganlarga B.Y. qiz oynadan o‘zi sakragani va uni o‘zi shifoxonaga olib borishini aytgan.
Shifokorlar qizga tos suyagi sinishi, gematomalar va miya chayqalishi tashxisini qo‘ygan. Qizning yaqinlarining aytishicha, dekan o‘rinbosari tomonidan kelgan odamlar ularga o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartirishlari uchun pul taklif qilgan. B.Y. esa hammaga qiz o‘z joniga qasd qilgan demoqda. U o‘qigan fakultet talabalarini to‘liq onlayn ta’limga o‘tkazilgan.
IIV matbuot kotibining ma’lum qilishicha, 19 oktabr kuni dekan o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 118-moddalari (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 23 oktabr kuni ekspertiza javobi chiqishi bilan dekan o‘rinbosari protsessual tartibda ushlangan.
SSVning ma’lum qilishicha, bemorning dinamikada ahvoli qoniqarli. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi