O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2021/2022-o‘quv yilining birinchi choragi o‘z yakuniga yetayotgani sabab kuzgi ta’til vaqtlari belgilandi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.
Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning dekabrida O‘zbekistonda umumta’lim maktablaridagi uchta (kuzgi, qishki va bahorgi) ta’tilning o‘rniga bitta uzaytirilgan ta’tilni joriy qilib, o‘quv yili taqvimini o‘zgartirish taklif qilingandi. Taklifga ko‘ra, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kuz-qish mavsumi davrida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashidagi qator noqulayliklarni o‘quv yilining boshlanishi, tugashi hamda ta’til kunlarining muddatini o‘zgartirish va dars mashg‘ulotlari davomiyligini qisqartirish orqali sezilarli darajada bartaraf etish mumkin. 2021/2022-o‘quv yili maktablarda 6 sentabrdan darslar to‘liq an’anaviy tarzda boshlangan. O‘quvchi qizlarning maktabga ro‘mol o‘rab kelishiga ruxsat berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?