15:31 / 03.11.2021
1 414

Toshkentda giyohvand moddalar sotiluvchi internet do‘konlar reklama varaqalarini tarqatgan shaxslar ushlandi

Toshkentda giyohvand moddalar sotiluvchi internet do‘konlar reklama varaqalarini tarqatgan shaxslar ushlandi
Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarini tarqatishga qarshi kurashga yo‘naltirilgan profilaktik tadbirlar davomida Mirobod tumani IIO FMB xodimlari 26 yoshli fuqaroni flayerlar tarqatayotganida qo‘lga oldi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu shaxsdan ashyoviy dalillar sifatida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet do‘konlarni reklama qiluvchi 1093ta flayerlar olib qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, suhbat davomida fuqaro o‘zi bilan «Telegram» orqali boshqa bir shaxs bog‘lanib, flayerlar tarqatish yo‘li bilan daromad taklif qilganini aytgan.

Joriy yil 29 oktabr kuni ushbu shaToshkentda giyohvand moddalar sotiluvchi internet do‘konlar reklama varaqalarini tarqatgan shaxslar ushlandixs qo‘lga olingan fuqaroga 1750-1800ta flayerlar bergan. Flayerlarning bir qismi Yashnobod va Mirobod tumanlarida tarqatilgan.

Keyinchalik, tergovoldi tekshiruvi davomida, 2003 yilda tug‘ilgan F.K. qo‘lga olindi. U joriy yil sentabr oyida maxsus sayt orqali flayerlar tarqatish bilan bog‘liq ish topganini ma’lum qilgan. Flayerlarni u tayyor holda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bosmaxonadan olgan. Tez orada bosmaxona ishchilari, 23 yoshli R.R. va 36 yoshli D.X. qo‘lga olingan. Ashyoviy dalillar sifatida 6000ta tayyor flayerlar olib qo‘yilgan.

Mazkur fakt asosida to‘plangan hujjatlar Mirobod tumani IIO FMBga yo‘naltirildi, deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda giyohvand moddalar sotiluvchi internet do‘konlar reklama varaqalarini tarqatgan shaxslar ushlandi