Foto: Mass-media fondi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqida tashqi siyosatga alohida to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbari pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya borasidagi munosabatlar davom etishini ta’kidladi.
— Eng avvalo, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini tobora kuchaytirish bundan buyon ham asosiy maqsadimiz bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Afg‘oniston masalasiga alohida to‘xtaldi va qo‘shni davlat bilan rejalashtirilgan transport-kommunikatsiya loyihalari davom ettirilishini ta’kidladi.
— Mintaqamizning ajralmas qismi, yaqin qo‘shnimiz bo‘lgan Afg‘onistonda tinch va osoyishta hayotni tiklash, bu mamlakatda iqtisodiy va gumanitar inqirozga yo‘l qo‘ymaslik uchun afg‘on xalqiga qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ko‘rsatamiz.
Biz Afg‘oniston bilan birgalikda yirik transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdormiz, — dedi davlat rahbari.
Shuningdek Shavkat Mirziyoyev butun dunyo bilan munosabatlarda ochiqlik siyosati davom etishini aytib o‘tdi.
— Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari va dunyoning barcha mintaqalaridagi sheriklarimiz bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor beramiz.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, Parlamentlararo ittifoq, xalqaro moliyaviy institutlar va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy Kengash, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi, amaliy ma’no-mazmun bilan boyitamiz.
Biz – dunyoga, dunyo – bizga ochiq bo‘lishi kerak. Bugungi hayot, bugungi taraqqiyotning talabi ham aslida shu. Biz ana shu hal qiluvchi tamoyilni albatta hayotimiz qoidasiga aylantiramiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...