
Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq IIB xodimining vazir Po‘lat Bobojonovga yuborgan videomurojaati tarqalgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bunga munosabat bildirib, Quva tumani IIB rahbariyatining noqonuniy harakatlari bo‘yicha tarqatilayotgan vajlar o‘rnatilgan tartibda tekshirilib, holatga huquqiy baho berilishini ma’lum qildi. Farg‘ona viloyati IIBning ma’lum qilishicha, mazkur murojaat o‘rganib chiqilgan.
Viloyat IIBning rasmiy bayonotida qayd etilishicha, murojaatchi Nozimjon muqaddam ichki ishlar organlarida ishlab, xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani, surunkali ravishda xizmat intizomini buzib, ichki ishlar organlari xodimlariga nomunosib xatti-harakatlar sodir etgani uchun salbiy sabablarga ko‘ra, 2021 yilda ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, sobiq xodimning videomurojaatidagi IIO xodimlari bilan bog‘liq keltirilgan holatlar yuzasidan viloyat IIB tegishli xizmatlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona ViloyatiIchki IshlarPo‘lat BobojonovNozimjon MurojaatXizmat VazifasiXodimlar Xatti-harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar