14:00 / 13.11.2021
2 658

Surxondaryoda maktab direktori jurnalist videokamerasini sindirdi

Surxondaryoda maktab direktori jurnalist videokamerasini sindirdi
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida maktab direktori jurnalist faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, videokamerasiga shikast yetkazgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi mazkur masala yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

O‘rganishlar natijasida 2021 yil 12 noyabr kuni Sariosiyo tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 28-sonli umumta’lim maktabi direktori T.U. bir guruh o‘qituvchilarning direktor ustidan yo‘llangan shikoyat arizasini o‘rganish maqsadida borgan «Diyor24» nashri jurnalistlari faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgani va kamerasiga shikast yetkazgani o‘z tasdig‘ini topgan.

Mazkur holat yuzasidan boshqarmaning mas’ullari tomonidan hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, avvalroq maktab direktori T.U.ga nisbatan o‘z lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashib «fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunning 38-moddasini ijro intizomini va odob ahloq qonun qoidalarini buzganligi sababli «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra yana qo‘shimcha axborot beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda maktab direktori jurnalist videokamerasini sindirdi