10:45 / 19.11.2021
3 990

DXX Samarqandda XTB rahbari o‘rinbosarini qo‘lga oldi

DXX Samarqandda XTB rahbari o‘rinbosarini qo‘lga oldi
16 noyabr kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura va prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir chog‘ida viloyatdagi tumanlarning birida xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlovchi fuqaro R.T. xizmat mavqeidan foydalanib mahalliy fuqarodan tuman maktablarining biriga o‘qituvchilikka ishga qo‘yishini va’da qilib undan 300 AQSH dollari miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat bo‘yicha fuqaro R.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Samarqandda XTB rahbari o‘rinbosarini qo‘lga oldi