11 205
Putin Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi fuqarolar farovonligini oshirishi haqida gapirdi
Foto: Mixail Klimentev/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovlardagi g‘alabasi bilan yana bir bor tabrikladi va uning davlat rahbari sifatidagi xizmatlarini yuqori baholashini bildirdi.
«Sizni saylovlardagi ishonchli g‘alaba bilan tabriklayman. Prezident sifatidagi ilk qadamlaringizdan boshlab siz bilan ko‘p bora gaplashganmiz. Oldimizda turgan ishlar katta va juda qiyin, lekin bizda hammasi amalga oshmoqda», – deya Putinning so‘zlarini keltirmoqda TASS axborot agentligi.
«Ishonch bilan oldinga intilmoqdasiz, mamlakatni «ko‘tarmoqdasiz», natijalar bor. Insonlar buni ko‘rmoqda va his qilmoqda», – deya qo‘shimcha qilgan Putin.
Shuningdek, u Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi fuqarolarning imkoniyatlari va farovonligini oshirishiga ishonishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Moskvada bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Joriy yil 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovida amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 foiz ovozini olib, g‘olib bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi