Mazkur yangi tartibni belgilash to‘g‘risidagi hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).
Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.
Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.
Endilikda talabalar tomonidan qayta topshirish to‘g‘risidagi arizalar yig‘ilishiga qarab bir o‘quv yilda ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshirish imkoniyati yaratildi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi