Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bugun, 24 noyabr kuni Uchtepa tumani hokimligida yig‘ilish o‘tkazgan. Qayd etilishicha, hokim ba’zi mas’ullarning o‘z vazifasiga loqayd, mas’uliyatsizlik, yuzaki yondashish holatlari hamon mavjud ekanligini keskin tanqid qilgan.
Xususan, bunday holatlar maktablar, jumladan, sinflardagi davomat, ta’lim sifati, bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishidagi past ko‘rsatkichlar, shuningdek, maktabgacha ta’lim, qurilish, mahallalardagi tozalik, kichik korxonalardagi ish sharoitining talabga javob bermasligi, ko‘chat ekish jarayonidagi yuzakichilik, chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketilmasligigida aks etgan.
Ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun tuman hokimining o‘rinbosarlari N. Ismatov, L. Almanov, maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i N. Xanto‘rayeva, xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘. Qurbonov hamda turizm va sport bo‘limi boshlig‘i B. Nasibaliyev lavozimidan ozod etilgan. Tuman hokimi F. Abdullayevga hayfsan berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin