1 848
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining medali bilan taqdirlandi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
25 noyabr kuni Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi 30 yilligi medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr kuni Nursulton shahrida «Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda 200 dan ziyod xorijiy va mahalliy mutaxassislar, martabali din va davlat arboblari, professor va akademiklar arab, rus, turk va qardosh tillarda ma’ruzalar qildi.
Xalqaro konferensiyada bugungi murakkab davrda din peshvolarining hamjihatlikda faoliyat yuritishi muhimligi, shuningdek, global zamonda ulamolarning o‘zaro hamkorligi muammolarni yechishda katta omil ekani aytildi.
Shuningdek, kecha Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay Tag‘anuli bilan ham uchrashuv o‘tkazgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...