14:08 / 03.12.2021
4 928

Toshkent shahar hokimligiga Mercedes sovg‘a qilgan Ziyoda Latipova Google’da trendga chiqdi

Toshkent shahar hokimligiga Mercedes sovg‘a qilgan Ziyoda Latipova Google’da trendga chiqdi
Foto: Car Pixel
Toshkent shahrida fuqaro Ziyoda Latipova Bahromovna o‘z shaxsiy Mercedes-Benz S500 Hybrid mashinasini poytaxt hokimligiga tekinga berdi. 30 noyabr kuni Jahongir Ortiqxo‘jayev avtomobildan foydalanish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish va undan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli qarorni qabul qildi.

Ushbu xabar 30 noyabr kuni soat 20:00 dan so‘ng turli Telegram kanallar, internet-nashrlarda chiqa boshlagach, Mercedes mashinasi, uning modellari va ommaga notanish bo‘lgan Ziyoda Latipova ismli ayolning shaxsiga qiziqish ortdi. Google qidiruv tizimining O‘zbekiston segmentidagi so‘rovlar bundan dalolat bermoqda.

«Daryo» so‘nggi bir hafta ichida Google’da qidiruvga berilgan «Mercedes», «Mercedes-Benz S500 Hybrid», «Latipova Ziyoda» va «Latipova Ziyoda» kalit so‘zlarini taqqoslab ko‘rdi. Taqqoslov shuni ko‘rsatdiki, hokimlikka mashina bepul taqdim etilishi haqidagi xabar chiqqanidan so‘ng «Mercedes-Benz S500 Hybrid», «Latipova Ziyoda» va «Latipova Ziyoda» so‘rovlari berila boshlagan. 30 noyabr soat 20:00 da Google’da «Mercedes» kalit so‘zi 57 ballik, «Mercedes-Benz S500 Hybrid» 11 ballik, «Latipova Ziyoda» va «Latipova Ziyoda» so‘rovlari 6 ballik ko‘rsatkichni qayd etgan.

Soat 22:00 ga kelib barcha so‘rovlar o‘z cho‘qqisiga chiqqan. Xususan, «Mercedes» kalit so‘zi taqqoslanayotgan boshqa uch so‘rovga nisbatan 100 ballik ko‘rsatkichga yetgan. Ushbu soatda «Latipova Ziyoda» so‘rovi 80, «Latipova Ziyoda» — 73 va «Mercedes-Benz S500 Hybrid» so‘rovi 17 ballni tashkil qilgan.

Google Trend’sdan skrinshot
Ikki kundan ortiq vaqt ichida Ziyoda Latipova bo‘yicha Google’ga berilgan so‘rovlar ko‘rsatkichi pasaydi, ammo hali ham u bo‘yicha ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun so‘rov berayotganlar saqlanib turibdi. «Latipova Ziyoda» kalit so‘zidan tashqari, «Latipova Ziyoda Bahromovna», «Latipova Ziyoda Bahromovna biografiya» so‘rovlari ham berilyapti. Ammo Google bu so‘rovlar bo‘yicha faqatgina hokimlikka Mercedes bepul sovg‘a qilingani haqidagi turli saytlarda chiqqan xabarlarnigina namoyish etmoqda.

Ma’lumot uchun, Mercedes-Benz S500 Hybrid mashinalari narxi 200–300 ming dollar atrofida.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hokimlikka tekinga mashina sovg‘a qilish voqeasini o‘rganish ishlari olib borilishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimligiga Mercedes sovg‘a qilgan Ziyoda Latipova Google’da trendga chiqdi