
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2021 yil 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli «Indenim» savdo majmuasi binosida chaqnash sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.
FVV xabar berishicha, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 04:02 voqea joyiga yetib borib, chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘inni soat 04:25 da o‘chirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash natijasida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan bo‘lib, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar