Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 31 yanvar kuni Geologiya fanlari universiteti qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi.
So‘nggi yillarda geologiya sohasiga katta mablag‘lar ajratilib, eng ilg‘or texnologiyalar olib kelindi. Yerosti boyliklarning zaxirasi ham, prognoz resurslari ham ko‘paydi. Ularni qazib, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun malakali kadrlar ham zarur.
Shu bois prezident tashabbusi bilan 2020 yili Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti tashkil etilgan edi. Tashrif chog‘ida davlat rahbari yangi universitetda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
«Geologiya iqtisodiyotga suv va havodek zarur. Oxirgi yillarda ilmiy maktablarni tiklab, kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratyapmiz, eng ilg‘or ilmiy metodikalarni joriy etib, laboratoriya uskunalarini o‘rnatib, zamonaviy sharoitlar yaratyapmiz. Endi natijaga ishlash kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Hozirgi kunda universitetda bakalavriat bo‘yicha 7 ta va magistratura bo‘yicha 6 ta yo‘nalishda umumiy 700 nafardan oshiq talaba tahsil olmoqda. Bu yo‘nalish va mutaxassisliklarni soha ehtiyojiga qarab kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, 5 yillik tajribaga ega, geologiya sohasida ishlab kelayotgan xodimlar uchun ta’limning sirtqi shakli tashkil etildi.
Davlat rahbari shu yerda talabalar, professor va o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.
Loyihaning birinchi bosqichida o‘quv binosi, yotoqxona hamda 2 ta ilmiy institut, kutubxona, laboratoriya va geologiya muzeyi binolari qurildi.
Ikkinchi bosqichda 7 qavatli laboratoriya, 5 qavatli Davlat geologiya qo‘mitasi ma’muriy binosi, 7 qavatli geologiya fondi va O‘zbek geologiya qidiruv binosi hamda sport kompleksi quriladi. Prezident qurilishni sifatli yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Universitet tarkibida H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi hamda Davlat geologiya muzeyi faoliyat yuritadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...