Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘yliqdagi dehqon bozori va ulgurji bozor yaqinidagi avtomobil yo‘lini odamlar «jonli devor» hosil qilib to‘sishga urinayotgani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi.
Foto: Videodan kadr
Qo‘yliq dehqon bozori va ulgurji savdo bozori buzilishidan norozilik bildirib yo‘lni to‘sib qo‘ygan tadbirkorlarning 5 nafari ma’muriy qamoqqa olindi. Toshkent shahar IIBB axborot xizmati Kun.uz’ga bu ma’lumotni tasdiqladi.
9 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘yliq bozori ko‘chishidan norozi tadbirkorlar katta yo‘lni to‘sib qo‘ygani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Lavhada bir guruh kishilar dehqon bozori yonidagi ko‘chani to‘sgani aks etgan. Videoga olayotgan shaxsning izohiga ko‘ra, odamlar Qo‘yliq bozori yo‘l kengaytirilishi va yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan buzilishga tushgani va bozor hududiga kirish yopib qo‘yilganidan norozilik bildirib, yo‘lni to‘sishga chiqqan.
Shundan so‘ng, vaziyat ichki ishlar xodimlari aralashuvi bilan bartaraf etilgan va yo‘lni to‘sgan fuqarolardan bir qanchasi qamoqqa olingan.
Kun.uz ma’lumot olish uchun Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga murojaat qildi. So‘rovga javoban ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan besh nafar fuqaro MJTKning 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) hamda 201-moddasida (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Qonunda 195-moddaga binoan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
201-modda bilan esa bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishlari yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olinishlari mumkin.
Toshkent shahri va viloyatlarga oziq-ovqat yetkazib beruvchi Qo‘yliq dehqon bozori va uning yonidagi ulgurji savdo bozorining boshqa hududga ko‘chirilishi haqidagi qaror va harakatlar so‘nggi kunlarda muhokamalar markaziga aylandi. Qaror e’lon qilingan 7 dekabr kuni Kun.uz muxbiri bozor hududida bo‘lib, bu yerda savdo qiladigan tadbirkorlarning fikrlari bilan qiziqdi.
Bozorda chakana va ulgurji savdo bilan shug‘ullanadigan sotuvchi va tadbirkorlar o‘z noroziliklarini bildirib, bozorning ko‘chishi ko‘pchilikning ishsiz qolishi, narxlar oshishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini aytishdi. Boshqa joyga ko‘chish mijozlarning kamayishi va savdo susayishiga sabab bo‘lishini ta’kidlashdi.
Ular Toshkent shahridan 6,5 km uzoqlikda joylashgan yangi savdo majmuasi – Food city’ga ko‘chishlari mumkinligi haqida xabar topishgan va u yerdagi sharoit bilan tanishishgan. Ammo yangi bozordagi ijara narxlari va sharoit tadbirkorlarni qoniqtirmagan.
Ayni kunlarda Qo‘yliq bozoridagi barcha tadbirkorlardan savdo faoliyatini joriy yilning 31 dekabriga qadar tugallab, 2022 yilning 1 yanvaridan Food city savdo majmuasida davom ettirish haqida ogohlantirish xatiga imzo qo‘ydirilmoqda.
Kun.uz ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan Food city savdo majmuasi dekabr oyining 20 sanasiga qadar ochilishi rejalashtirilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...