00:02 / 14.12.2021
3 310

O‘limga sabab bo‘lgan SMS xabar...

O‘limga sabab bo‘lgan SMS xabar...
Somsangiz tayyor» deb yuborilgan SMS ortidan bir odamning umri zomin bo‘ldi. Bu haqda «Bu kun» dasturida ma’lum qilindi.

Ayol somsa buyurtirganida buning ortidan yuzaga kelgan janjalda turmush o‘rtog‘idan ayrilishini bilmagan edi. «Somsangiz tayyor» deb ayolga SMS yuborgan somsapaz, ortidan telegram profilida ayolning rasmlarini ko‘rgach, «farzandlaringiz bormi» deb yana bir xabar yozadi.

Ayoliga yuborilgan bu SMSni ko‘rgan erkak begona raqamga qo‘ng‘iroq qiladi. SMS xabarning sababini aniqlashtirish maqsadida u joriy yilning 14 avgust sanasinida xotini, ikki nafar farzandi, onasi va jiyani bilan kelishuv joyiga borishadi.

«O‘g‘lim faqat bitta gapni gapirdi: «mana san shu SMSni yozgan ekansan. Menga o‘zingning xotiningni raqamini berchi, men ham shu SMSni yozaman. Qani qanday holatga tushar ekansan», —deydi sud jarayonida marhumning onasi.

Voqeaga oydinlik kiritish janjal tusini olgach, akasiga hamrohlik qilish uchun kelgan uka oshxona pichog‘i bilan marhumga bir marotaba zarba beradi.

«To‘g‘rimda turganliklari uchun cho‘chib ketib, pichoqni suqib qo‘yganimni bilmay qolibman», — deya ta’kidlaydi ablanuvchi.

Sud hukmiga ko‘ra, gumonlanuvchi JKning 97-moddasi «j» bandi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibdagi kaloniyalarda o‘tash belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘limga sabab bo‘lgan SMS xabar...