11:30 / 14.12.2021
1 484

O‘zbekistonda tez yordam xizmatida qancha shifokor faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda tez yordam xizmatida qancha shifokor faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda tez yordam xizmatida faoliyat olib borayotgan shifokorlar soni 13 ming 798 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, sohani malakali vrach kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi esa 90,7 foizni tashkil qilmoqda. Ko‘rsatkich Namangan va Buxoro viloyatlarida 100 foiz, Samarqand viloyatida 99 foiz, Qoraqalpog‘iston hamda Andijon viloyatida esa 95 foizga teng.

Qayd etilishicha, tizimda faoliyat yuritayotgan shifokorlarning 2316 nafari yuqori malaka toifasiga ega bo‘lsa, 1186 nafari birinchi, 1088 nafari esa ikkinchi toifali mutaxassislar hisoblanadi.

Shuningdek, tez yordam xizmatida ish olib borayotgan reanimatolog-shifokorlar soni 686 nafarga yetgan. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelib, mazkur hududlarda «103» xizmati to‘liq ushbu mutaxassislar bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari, sohada mehnat qilayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari 29 ming 227 nafar, ta’minlanganlik darajasi esa qariyb 99 foizni tashkil qilmoqda. Ularning 5411 nafari yuqori malaka toifasiga, 5603 nafari 10—20 yil, 3893 nafari 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan o‘rta tibbiyot xodimlari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda tez yordam xizmatida qancha shifokor faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi