14:17 / 14.12.2021
2 704

«Qo‘yliq» bozori ko‘chirilmaydi, lekin odamlar majburan haydalyapti

«Qo‘yliq» bozori ko‘chirilmaydi, lekin odamlar majburan haydalyapti
«Qo‘yliq» dehqon bozori hozircha ko‘chirilmaydi, lekin bozor darvozalari berkitilib, odamlar majburan haydalmoqda. Bu haqda O‘zA reportajida aytilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Qo‘yliq» bozori direktorining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Qodirjon Normirzayevga ko‘ra, bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqida xat yoki og‘zaki topshiriq berilmagan.

«Yangi ko‘prik hozircha loyiha. Uning qurilishiga 2025 yil yoki boshqa ma’lum bir vaqt belgilanmagan. Qurilgan taqdirda ham ko‘prik bilan bozor orasida katta joy bor, aylanma yo‘l qilib, pastga tushirganda ham bozorga xalaqit qilmaydi. Bozorning yangi joyga ko‘chirilishi bo‘yicha hali bizga shahar hokimiyati tomonidan yoki bozorlar markazi tomonidan hech qanaqa xabar berilmagan. Va bizga bu bo‘yicha ogohlantirish xatlari ham yuborilmagan», — degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilgan bozor ulgurji savdoga mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda katta fura mashinalari erkin, to‘siqsiz harakatlanib kirib kela oladi. «Bundan maqsad bozorga kelayotgan mashinalarni shahar tashqarisida harakatlanib, shahar ichida tirbandlikni oldini olish uchun mo‘ljallangan joy», — degan bozor ma’muriyati vakili.

Videoda bozor sotuvchilari va ishchilari 31 dekabrga qadar Food City`ga ko‘chish bo‘yicha ogohlantirish xati ma’muriyat tomonidan berilgani aytilgan. Bozor direktori nomiga yozdirilgan xatda aricha 31 dekabr kunigacha faoliyatini tugatib, Food City`da faoliyatini davom ettirishi, agar ushbu qonuniy talabga amal qilmasa MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) hamda Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan. Biroq xatda mazkur moddalar dispozitsiya deya qayd etilgan.

O‘zA vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xodimi bilan bog‘langan, biroq muxbir bozorlar bo‘yicha ma’sul shaxsning telefon raqamini ololmagan.

7 dekabr kuni Toshkent shahar hokimligi «Qo‘yliq» bozori yo‘l o‘tkazgichi kengaytirilishi tufayli boshqa joyga ko‘chirilishini ma’lum qilgandi.

9 dekabr kuni ertalabdan «Qo‘yliq» bozori hozirgi joyidan 6,5 km uzoqlikdagi «FOODCITY» savdo markaziga ko‘chirilishi haqidagi xabarlar tarqalgan.

Keyinroq esa «Qo‘yliq» bozori avtoturargohiga mashinalar kiritilmayotgani ortidan bir guruh odamlar avtomobil yo‘lini to‘sishga urinishgan edi.

12 dekabr kuni Bosh prokuratura bozor buzilishiga qarshi norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan tadbirkorlarning ishi Bektemir tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, ularning besh nafariga 5-7 kun qamoq jazosi tayinlanganini ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Qo‘yliq» bozori ko‘chirilmaydi, lekin odamlar majburan haydalyapti