
Videodan skrinshot.
Bugun Toshkent shahar Sergeli tumani «Do‘stlik-1» dahasida 47-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni o‘chirgan. Yong‘in oqibatida avtobusning orqa salon qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sergeli TumaniDo‘stlik-1Avtobus Yong‘inFVV XabarYong‘in QutqaruvMutaxassislar Aniqlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar