14:58 / 18.12.2021
1 457

Bosh kiyimiga «puflatgan» YPX xodimiga jazo tayinlandi

Bosh kiyimiga «puflatgan» YPX xodimiga jazo tayinlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Ye.Alako‘z ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Madetov bosh kiyimini yechib haydovchi Q.A.dan puflashini so‘raganligi aks etgan video tarqalgandi.

Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, xizmati mobaynida «Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom» hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB YPX inspektori Z.Madetovga nisbatan «Qattiq hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanilishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh kiyimiga «puflatgan» YPX xodimiga jazo tayinlandi