Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining 44-sessiyasida viloyat hokimi Botir Zaripov 2022–2026 yillarda viloyatning turizm sohasidagi rejalari to‘g‘risida to‘xtalar ekan, viloyatda sayyohlar sonining 5 milliondan oshishi kutilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
«Bugun tarixiy shahrimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar sonining oshayotganini kuzatib, 2026 yilga qadar ular soni besh milliondan oshadi, deya olaman. Sayyohlarning viloyatda bo‘lish muddatlarini uzaytirish maqsadida 60 ta yangi turistik yo‘nalishlar tashkil qilinadi. Shuningdek, viloyatning turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tumanlar, jumladan, Kogon, Romitan, G‘ijduvon, Vobkent va boshqa tumanlarida 7 ta ‘turizm mahallasi’, ‘turizm qishlog‘i’ hamda ‘turizm ko‘chasi’ tashkil etiladi», – dedi Botir Zaripov.
Ta’kidlanishicha, viloyatda sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida 27 ta xorijiy aviaqatnovlar ham tashkil etiladi.
«O‘ttizga yaqin aviaqatnovlarning 24 tasi xorijiy yo‘nalishda tashkil etilsa, 3 tasi Buxoro–Farg‘ona, Buxoro–Samarqand hamda Buxoro–Termiz yo‘nalishlarida tashkil etiladi», – deydi viloyat hokimi.
Botir Zaripovning so‘ziga ko‘ra, ayni paytda Buxorodagi 7 ta tarixiy ob’ekt umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Mavjud 800 dan ortiq tarixiy obidalarning 50 ga yaqini restavratsiyaga muhtoj. U ushbu madaniy ob’ektlar bosqichma-bosqich restavratsiya qilinishini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi