19:27 / 20.12.2021
1 532

«Amaldagi darsliklar murakkab, ular akademik tilda yozilgan» – Markaz direktori

«Amaldagi darsliklar murakkab, ular akademik tilda yozilgan» – Markaz direktori
Foto: AOKA
Ayni vaqtda maktab o‘quvchilari foydalanayotgan darsliklar yuqori salohiyatli mutaxassislar tomonidan yozilgan. Shu bois ular murakkab. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Ma’lum qilinishicha, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mahalliy olimlar va UNICEF xalqaro ekspertlari hamkorligida Milliy o‘quv dasturini yaratish ishlari yakuniga yetkazildi.

«Hozirgi darsliklar chindan ham murakkab bo‘lgan akademik tilda yozilgan. Chunki darsliklarni yozishda yuqori salohiyatli insonlar faoliyat yuritgan. Asosan, oliy ta’limda faoliyat ko‘rsatuvchi tadqiqotchi, mutaxassislar bo‘lgan. Lekin biz olimlar hamkorligida eng yaxshi, iste’dodli va faol o‘qituvchilarni darslik yozish jarayonlariga jalb qildik», — deydi Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov.

Sattorovning aytishicha, o‘quv yuklamasining oshib ketgani o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga to‘sqinlik qilyapti.

Qayd etilishicha, maktabda o‘qitiladigan fanlar tanqidiy-tahliliy o‘rganilgan. O‘quvchi yoshidan kelib chiqib xalqaro tajribalar, psixologik va sanitariya normalari bo‘yicha Milliy o‘quv dasturida haftalik normativlar sinflar kesimida qisqargan va bosqichma-bosqich o‘quv yuklama soatlarini kamaytirish choralari belgilab olingan.

«Eng muhimi, bu Milliy dasturda darsliklar hayotiylashtirilgani va amaliyotga yo‘naltirilgani. Biz maktabda o‘qiyotgan vaqtimizda doim o‘zimizga savol berganmiz. Bu mavzular bizga hayotda qanchalik kerak degan savolga javob izlaganmiz. Bugun ekspertlar mana shu savol asosida Milliy o‘quv dasturi amaliyotga joriy etilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Shuhrat Sattorov.

Ta’kidlanishicha, dastur loyihasini tayyorlashda 246 nafar milliy eksportlar, jumladan, 119 nafar maktab o‘qituvchilari, 105 nafar oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari, 22 nafar fan metodistlari, UNICEF va USAID xalqaro tashkilotlari orqali jalb qilingan 16 nafar xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Amaldagi darsliklar murakkab, ular akademik tilda yozilgan» – Markaz direktori