23:00 / 25.12.2021
2 674

Uyga bostirib kirib 15 ming dollar va “Jentra”ni olib qochgan 7 kishi ushlandi (video)

Uyga bostirib kirib 15 ming dollar va “Jentra”ni olib qochgan 7 kishi ushlandi (video)
Bir xonadonda ta’mirlash ishlarini bajargan usta o‘sha uyga jinoiy guruhi bilan bostirib kirgani aniqlandi. Jinoyatchilar pullar va mashinani olib voqea joyidan yashiringan. Ammo ko‘p o‘tmay ularning barchasi qo‘lga tushgan.

3 dekabr kuni 7 nafar shaxs Toshkent shahar Yunusobod tumani Otchopar mahallasidagi xonadonlarning birida bosqinchilik jinoyatini sodir etdi.

Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, bosqinchilar kirgan vaqtda xonadonda bir ayol bo‘lgan. Jinoyatchilar uy sohibasining oyoq-qo‘li va og‘zini “skotch”da bog‘lab, pichoq bilan tahdid qilgan holda moddiy boyliklari qayerda ekanini so‘rashgan.

Seyf yotoqxonadaligini aniqlab, uni o‘zlari bilan olib ketmoqchi bo‘lishganda, uyga jabrlanuvchining ikki qizi kelib qoladi. Buni payqagan bosqinchilar qizlarni ham majburlab, qo‘rqitib, uyga olib kirishadi va ularni ham bog‘lab qo‘yishadi.

Voqea joyidan yashirinish maqsadida qizlardan biriga tegishli “Jentra” rusumli avtomobilni haydab qochishadi.

Katta tergovchi Sadriddin Shohizindayevga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB 7 nafar jinoyatchining barchasini aniqlab, qo‘lga olgan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “A” bandi (bosqinchilik), 267-moddasi 2-qismi “B” va “V” bandlari (transport vositasining bir guruh shaxslar tomonidan olib qochilishi) bilan ayblov e’lon qilindi hamda qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi”, dedi ichki ishlar xodimi.

Tergov boshqarmasiga ko‘ra, jinoyatga qo‘l urgan shaxslar voqea joyidan ketishgach, “Jentra”ni yo‘lda qoldirib, boshqa mashinada Toshkent shahridan chiqib ketishgan.

Aniqlanishicha, jinoyatga boshchilik qilgan shaxs bundan bir necha oy avval ushbu uyda ta’mirlash ishlarini bajargan usta bo‘lib chiqqan.
Bu uyda 20-25 kun ishlaganman. Sherigim menga u yerda seyf ko‘rgani va ichida pullar borligini aytib qoldi. Men pul borligini bilmasligimni aytdim. U menga bu ish bilan shug‘ullanadigan bolalar bor, dedi. Keyin ular bilan kelishib, soat 12:30-13:00larda uyga kirdik.

Yonimizda pichog‘imiz bor edi. Pullarni olib qochgach, shahardan Toshkent viloyatiga chiqib ketdik. O‘sha yerda seyfni buzib, ichidagi pullarni taqsimlab oldik. Har birimizga 1 ming 900 dollardan tegdi
”, deydi jinoyatchilar.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, pullar 15 ming AQSH dollari miqdorida bo‘lgan va ayni paytda yetkazilgan zararning bir qismi qoplangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uyga bostirib kirib 15 ming dollar va “Jentra”ni olib qochgan 7 kishi ushlandi (video)