date

Samarqandda soxta raqamli driftchi qo‘lga olindi

Samarqandda soxta raqamli driftchi qo‘lga olindi

Samarqand shahrida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan va ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlik orttirishga uringan haydovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan uslandi. U o‘z avtomobiliga internet orqali sotib olingan yasal raqam o‘rnatib, shahar ko‘chalarida xavfli harakatlar qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2026 yil 9 aprel kuni tungi soat 02:00 atrofida sodir bo‘lgan. Gentra avtomobili haydovchisi transport vositasini uyidan o‘zboshimchalik bilan olib chiqib, unga 450 ming so‘mga xarid qilingan “01 666 VOR” ko‘rinishidagi soxta davlat raqamini taqqan.

U harakat davomida shahar ko‘chalarida qarama-qarshi yo‘nalishda yurgan va bir necha marta svetoforning qizil chirog‘iga qaramay harakatni davom ettirgan. Shuningdek, uning yonida bo‘lgan sheriklaridan biri YPX xodimlarining xizmat jezlini avtomobil lyuki orqali chiqarib, holatni videoga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Haydovchi keyinchalik bu harakatini tan olib, soxta raqam orqali yo‘l harakati nazoratidan qochishga uringanini va “radarga tushmayman” deb o‘ylaganini bildirgan. Uning sherigi esa videoni Instagram’ga obunachilar yig‘ish maqsadida joylaganini aytgan.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-10-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Barcha materiallar Samarqand shahar sudiga yuboriladi.

Ta’kidlanishicha, bu kabi holatlar yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi va qonun doirasida qat’iy jazolanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda soxta raqamli driftchi qo‘lga olindi