21:38 / 05.01.2022
2 163

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan bayonot berdi
Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqdi.

«Qardosh Qozog‘istonda kechayotgan so‘nggi voqealar O‘zbekistonda xavotir bilan qabul qilinib, ushbu mamlakatdagi vaziyat rivoji diqqat bilan kuzatib borilmoqda.

Ishonchimiz komil, donishmand Qozog‘iston xalqi mamlakatda beqarorlik avj olishining oldini olishga, zo‘ravonlik va insonlar orasida qurbonlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikning uddasidan chiqadi.

Qozog‘iston xalqi o‘zaro hamjihatlikni saqlash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash hamda yuzaga kelgan muammolarni o‘zi mustaqil hal qilish uchun yetarli qat’iyat va irodaga egaligiga ishonamiz.

O‘zbekiston Qozog‘iston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi hamda ravnaqi, millat farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlarini cheksiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlaydi
», – deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan bayonot berdi