Foto: AP Photo
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Qozog‘istondagi tartibsizliklarga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishi 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z nutqida O‘zbekistonni tilga oldi.
«Qozog‘istondagi vaziyatdan, avvalo, O‘zbekiston hushyor bo‘lishi kerak. Aks holda, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘polon tashkilotchilarining nigohi, jumladan, O‘zbekistonga qaratilgan», — degan edi Belarus rahbari o‘zining nutqida.
Lukashenkoning so‘zlariga xorijlik mutaxassislar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Pokistonlik mutaxassis, Global va strategik tadqiqotlar markazining ijrochi direktori, Khalid Taimur Akram voqea yuzasidan o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
«Ba’zi OAV Qozog‘istondagi vaziyat O‘zbekistonda ham takrorlanishi mumkinligi haqida yozdi. Bunday fikrlar umuman noto‘g‘ri, chunki O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng kuchli va barqaror mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bir necha o‘n yilliklar davomida O‘zbekiston o‘zini mustahkam va kuchli ‘mintaqaviy o‘yinchi’ sifatida namoyon etdi. Bu narsaga avvalambor prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosati yordamida erishildi.
Mamlakatda bugungi kunda qator iqtisodiy islohotlar kuzatilmoqda, barcha etnik guruhlar va millatlar birdamlikda hayot kechirmoqda. Prezident Mirziyoyev esa jahon miqyosida mashhur rahbarga aylandi. Hukumatning samarali strategiyasi raqobatbardoshlikni, inklyuzivlikni hamda ochiq tashqi siyosatni ta’minlashga qaratilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda Qozog‘istondek vaziyat kuzatilmaydi deb bemalol ayta olaman», – dedi pokistonlik mutaxassis.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti markazining yetakchi mutaxassisi Stanislav Prirtchinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi vaziyat Qozog‘istondagidan tubdan farq qiladi.
«Masalaga global yondashadigan bo‘lsak, albatta, vaziyatga ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ammo O‘zbekistondagi amaldagi vaziyat Qozog‘istondagi vaziyatdan tubdan farq qiladi: u yerda Qozog‘istonda kuzatilgani kabi biror siyosiy qarama-qarshiliklar kuzatilmayapti», – dedi Pritchin.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda vaziyat stabildir: barcha qarorlar ba’zida jamoatchilik fikrini inobatga olmagan holda qabul qilinsa-da, ular xalq hayotini inobatga olgan holda qabul qilinadi va adekvatdir.
«Shu sababli vaziyatni o‘zgartirishga qodir qandaydir signallar mavjud emas», – dedi u.
Sobiq hindistonlik diplomat Vinod Kumarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Rossiya yoki Xitoy bilan chegaradosh emas, mamlakat o‘zini o‘zi ta’minlay oladi. Lukashenkoning so‘zlari esa shunchaki O‘zbekistonni KXSHTga a’zo qilishga qaratilgan «taklif»dir.
Skrinshot: Twitter
Vaziyat bo‘yicha bir qator ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham o‘z fikrlarini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istondagi vaziyat 2 yanvar kuni Janao‘zen shahrida (Mang‘istov viloyatidagi shahar) suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi mitinglar boshlanganidan so‘ng keskinlashdi. Chiqishlar iqtisodiy va siyosiy talablar bilan butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlariga aylanib ketdi. 4 va 5 yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatildi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklar paytida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligini aytgan.
6 yanvarda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonga jo‘natdi. 7 yanvarda To‘qayev Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartib tiklanganini e’lon qildi va mamlakat bo‘ylab terrorchilik xavfining yuqori darajasi joriy etildi. Qozog‘iston IIV 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olinganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi