1 521
2022 yilda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 10 ta bitim imzolanadi
O‘zbekistonda 2022 yilda umumiy quvvati 3600 MVt bo‘lgan 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bitimlar imzolanadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan 3 yil ichida quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 10 ta bitim imzolangan. 2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida birinchi 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan.
Shu bilan birga, 2022 yil I choragida Samarqand viloyati Nurobod tumanida ikkinchi 100 MVt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda umumiy quvvati 1900 MVt bo‘lgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyasini hamda Qoraqalpog‘istonda umumiy quvvati 1700 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish uchun loyiha bitimlari imzolanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2023 yilda Samarqand, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1097 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va Qoraqalpog‘iston, Buxoro (G‘ijduvon va Peshku) va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1600 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi «yashil» energiya ishlab chiqarishni boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi