23:00 / 13.01.2022
2 323

Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi.

«Kuni kecha ba’zi davlat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.

Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz
», – dedi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Qozog‘istondagi tartibsizliklarga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishi 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgandi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z nutqida O‘zbekistonni tilga olib, «Qozog‘istondagi vaziyatdan, avvalo, O‘zbekiston hushyor bo‘lishi kerak. Aks holda, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘polon tashkilotchilarining nigohi, jumladan, O‘zbekistonga qaratilgan», – degan edi.

Eslatib o‘tamiz, Lukashenkoning so‘zlariga xorijlik mutaxassislar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgandi. Pokistonlik mutaxassis, Global va strategik tadqiqotlar markazining ijrochi direktori, Khalid Taimur Akram «bunday fikrlar umuman noto‘g‘ri, chunki O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng kuchli va barqaror mamlakatlardan biri hisoblanishi»ni aytib o‘tdi.

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti markazining yetakchi mutaxassisi Stanislav Pritchinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi vaziyat Qozog‘istondagidan tubdan farq qiladi.

«Masalaga global yondashadigan bo‘lsak, albatta, vaziyatga ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ammo O‘zbekistondagi amaldagi vaziyat Qozog‘istondagi vaziyatdan tubdan farq qiladi: u yerda Qozog‘istonda kuzatilgani kabi biror siyosiy qarama-qarshiliklar kuzatilmayapti», – dedi Pritchin.

Hindistonlik sobiq diplomat Vinod Kumarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Rossiya yoki Xitoy bilan chegaradosh emas, mamlakat o‘zini o‘zi ta’minlay oladi. Lukashenkoning so‘zlari esa shunchaki O‘zbekistonni KXSHTga a’zo qilishga qaratilgan «taklif»dir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi