09:30 / 16.01.2022
1 378

Farg‘onada firibgar ayol 135 millionga piyozni arzon narxda olib berishni va’da qilgan

Farg‘onada firibgar ayol 135 millionga piyozni arzon narxda olib berishni va’da qilgan
Joriy yilning 8 yanvar kuni ichki ishlar bo‘limiga fuqaro 135 million so‘m pul o‘g‘irlangani haqida ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil oktabr oyida Oybek mahallasida noma’lum ayol fuqaroning ishonchiga kirib, unga arzon narxda piyoz olib berishni va’da qilib, buning uchun undan 135 million so‘m pul olib qo‘ygan. Ammo ayol firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, bergan va’dasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tezkor tadbirlar davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan firibgarning shaxsi aniqlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayol uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada firibgar ayol 135 millionga piyozni arzon narxda olib berishni va’da qilgan