19:23 / 21.01.2022
1 325

Davlat kadastr palatasi xodimlari ushlandi

Davlat kadastr palatasi xodimlari ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Fuqaroga 50 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgan muhandis va bosh mutaxassis ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Davlat kadastrlari palatasining Kogon tumani filiali muhandisi F.X. va tuman hokimligi bosh mutaxassisi S.R.lar fuqaro A.ning ishonchiga kirib pora berishga dalolat qilib, unga zaxiradagi yer maydonidan 50 gektarini ajratib berish evaziga 600 AQSH dollari va 1,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat kadastr palatasi xodimlari ushlandi