21:15 / 25.01.2022
1 069

SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi

SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hozirda mamlakatdagi barcha tibbiyot muassasalari, xususan, ulardagi reanimatsiya bo‘limlari, tug‘ruq komplekslari va koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olishga qaratilgan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida ham elektr uzluksizligini ta’minlash maqsadida dizel generatorlari ishlab turibdi. Bunda shifoxonada davolanayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlarga ulangan tibbiy jihozlarning faoliyati davomiyligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligidagi mas’ullar ushbu muassasalarda bo‘lib, vaziyatni nazoratga olgan.

Elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan Hukumat komissiyasi sa’y-harakati bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalari bosqichma-bosqich elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, respublikadagi qolgan barcha tibbiyot muassasalarida ham dizel elektr manbai o‘rnatilgan bo‘lib, har bir shifoxonada elektr ta’minoti uchun 24 soat navbatchilik tashkil etilgan. Ulardagi vaziyat vazirlik markaziy shtabi tomonidan tunu kun muvofiqlashtirib turilibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi