O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashdi.
Mamlakatlar yetakchilari Markaziy Osiyo davlatlari va XXR o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlik yakunlarini sarhisob qildilar, ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari va kelgusi istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Davlat rahbari o‘z nutqining avvalida ishtirokchilarni yubiley sana bilan muborakbod etib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik munosabatlar o‘tgan davrda jadal va barqaror tus olganini ta’kidladi.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini bayon etar ekan, mamlakatimiz yetakchisi to‘siqlarsiz savdoni ta’minlash hamda sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishning umumiy makonini shakllantirishga qaratilgan Yangi “Xitoy – Markaziy Osiyo” iqtisodiy muloqot strategiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.
O‘zbekiston Prezidenti “Xitoy – Markaziy Osiyo” yo‘nalishida uzluksiz yuk oqimini ta’minlash va transmintaqaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish uchun tizimli yechimlar ishlab chiqish muhim ekanini qayd etdi. “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini barpo etish loyihasini amalga oshirishni joriy yildayoq boshlash taklif etildi.
Davlat rahbari sammit ishtirokchilari e’tiborini raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligiga qaratdi. IT-parklar negizida “Intellektual Ipak yo‘li” qo‘shma platformasini yaratish taklif qilindi.
Sog‘liqni saqlash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Vaksinalar ishlab chiqish, sinash va ishlab chiqarishda Xitoy bilan sheriklikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi. Shuningdek, O‘zbekiston mamlakatlar o‘rtasida odamlar va tovarlar harakatini yengillashtirish maqsadida vaksinatsiya pasportlarining o‘zaro tan olinishi tarafdoridir.
Davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish vazifasiga to‘xtalib, uning yechimini aholi farovonligini ta’minlashning eng muhim sharti deb atadi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, sho‘rlangan va sho‘rxok yerlarda ekinlar yetishtirish, shahar va qishloq o‘rtasida ishlab chiqarish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish masalalarida Xitoy bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor.
Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidenti pandemiya davrida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga tez ortib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashda yaqindan hamkorlik qilish va bu borada tezkor qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga chaqirdi. BMT Bosh Assambleyasining pandemiya sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha alohida rezolyutsiyasini qabul qilish to‘g‘risidagi tashabbusni birgalikda ilgari surish taklif etildi.
Shu bilan bir qatorda, “Yashil Ipak yo‘li”ni barpo etish doirasida iqlim kun tartibini birgalikda ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.
Muqobil energetika sohasida investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan “Ekologik toza rivojlanish”ni ta’minlash bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.
Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlarini yanada yaqinlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mirziyoyev kelgusi yilni “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili” deb e’lon qilishni, unda asosiy e’tiborni akademik va talabalar almashinuvi dasturlariga, yoshlar forumlari va sport musobaqalarini o‘tkazishga qaratishni taklif qildi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni davom ettirish masalalariga ham to‘xtaldi. “Xavfsiz Ipak yo‘li” konsepsiyasini amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib Afg‘oniston yo‘nalishidagi qo‘shma sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.
So‘zining yakunida davlat rahbari Xitoy xalqiga Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Sammit yakunida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlashning muhim masalalariga doir umumiy yondashuvlar aks topgan Qo‘shma bayonot qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas