11:00 / 26.01.2022
1 162

Energetika vazirligi xonadonlardagi ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘radi

Energetika vazirligi xonadonlardagi ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘radi
Umumtizimda kuzatilgan yirik nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatish boshlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda. Shu sababli issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.

Hozirgi vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib respublikaning ayrim hududlarida navbatma-navbat elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. Energotizimda kuzatilgan nosozliklar sababli yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilyapti.

«Hurmatli vatandoshlar! Energetiklar tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va hozirgi sharoitdan kelib chiqib, sizdan energiya qurilmalaridan oqilona foydalanishingizni va xonadoningizda ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘raymiz. Bu sa’y-harakatlar ko‘proq iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga yordam beradi. Vaziyatni to‘g‘ri baholab bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat», — deyiladi vazirlik murojaatida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Energetika vazirligi xonadonlardagi ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘radi