1 144
Toshkentda hokimlik zaxirasidagi yerni 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan korxona xodimi ushlandi
DXX xodimlari tomonidan Toshkent shahri, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zA.
Xususan, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi» DUK xodimi o‘zining uch nafar jinoiy sherigi bilan kelishgan holda, Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan va Toshkent tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 30 sotix yer maydonini ko‘p qavatli turar joy barpo etish uchun ajratishni va’da qilgan. Ular yerni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ajratib berish evaziga qurilish firmasi rahbaridan 420 ming AQSH dollari talab qilgan.
So‘ralgan pul mablag‘idan 42 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtida ular Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.
Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Urgut tumanida yashovchi, ikki nafar fuqaro (1997 va 1998 yillar tug‘ilgan) o‘zganing nomida bo‘lgan fermer xo‘jaligiga tegishli 50 sotix suvli yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan xaridorga 65 ming dollarga sotishga kelishgani aniqlangan. Ular oldindan 30 ming dollar olgan vaqtlarida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Shuningdek, Jomboy tumanida yashovchi 23 yoshli fuqaro ham Davlat kadastrlar palatasining mazkur tumandagi filiali xodimi bilan kelishgan holda, hokimlik zaxirasida bo‘lgan 25 sotix bo‘sh yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 24 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlangan.
Bundan tashqari, Davlat kadastrlar palatasining Jizzax viloyatidagi tuman filiallaridan birining rahbari mahalliy fuqaroning yashash xonadoni yonida joylashgan 38 sotix yer maydonini auksion orqali sotib olishda ko‘maklashish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga undan 6,5 ming dollar miqdorida pora talab qilgan.
DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘idan 6 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Sirdaryo tumanida yashovchi fuqaro ham (1992 yilda tug‘ilgan) o‘zganing ishonchiga kirib, Guliston tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 6 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida DXX va IJQK departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas