
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Tavhid va jihod katibati» nomli terrorchilik tashkilotining bir guruh a’zolari ushlandi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, ular Toshkent shahri hududida jamoaviy yig‘inlarni o‘tkazib, kelgusida Suriya hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilishni rejalashtirib kelgan.
Aniqlanishicha, «Tavhid va jihod katibati» tarafdorlarining soni 30 nafarga yaqin bo‘lib, asosan yoshlardan iborat va ularning ayrimlari Andijon, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan Toshkent shahriga ishlash maqsadida kelgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
ToshkentTavhid va JihodTerrorchilik TashkilotiHuquqni MuhofazaTezkor TadbirJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar