Shavkat Mirziyoyev mamlakatda kuzatilgan elektr energiyasi bilan bog‘liq holatda nimadan ko‘p qo‘rqqanini ma’lum qildi. Bu haqda «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish qilindi.
«Men o‘sha kuni birinchi bo‘lib ommaviy axborot vositalariga chiqinglar, gapiringlar, aytinglar dedim. Bu vaziyatda hech narsani yashirmaslik kerak. Haqiqiy ofat keldi. Kim kutgandi bunday bo‘lishini? Odamlar sarosimaga tushib qolardi. Biz juda katta informatsion xuruj qildik. Har bir daqiqada metrodan qancha insonni olib chiqqanimizni, tog‘dan qancha insonni qutqarganimizni, nechta svetofor o‘chganini, YPX xodimi qayerda turgani haqida ma’lumot berdik. Baqirdik, men baqiringlar, dedim», — deydi prezident.
Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar kuni bosh prokuror, ichki ishlar vaziri, Milliy gvardiya qo‘mondoniga insonlar orasida yurishi haqida topshiriq berganini aytib o‘tdi.
«Hech kim kechasi bilan uxlagani yo‘q. Nimaga uxlamadik? Birorta odamni yo‘qotmaylik, deb harakat qildik. Bundan tashqari agar salgina nojo‘ya harakat qilganimizda… Juda katta xatar keldi. Bir kunda hamma narsa o‘chib qoldi. Agar gazni sekin bermaganimizda suvi chiqib ketardi, bug‘i yo‘q edi u yerda. Bug‘ni paydo qilish uchun gazni salgina ko‘paytirganimizda yonib ketardi. Mening eng katta qo‘rqqanim – stansiya yonib ketmasin, dedim. 1982- yoki 1983 yilda Sirdaryoda oltita stansiya yonib ketgan edi. Agar hozir ham shunaqa bo‘lganda nima qilardik? Bir kishi ham o‘lmasin, dedim. Har daqiqada bosh vazirga «odamlarga boring, gaplashing», dedim. Bir kunda sochimiz necha foizga oqardi? Kechasi bilan necha marta gaplashdik?», — degan Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ham mamlakatda sodir bo‘lgan elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirgan edi.
O‘zbekistonda kuzatilgan elektr energiyasining yirik nosozligi xronologiyasi
25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Toshkent metropoliteni faoliyati ham to‘xtagan, Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikib yetib borishi aytilmoqda. Toshkent shahar IIBB esa tirbandliklarning oldini olish maqsadida ko‘chaga zarurat bo‘lmasa, shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.
Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Hojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.
Keyinroq Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida» ekanini ma’lum qilib, fuqarolarni sarosimaga tushmaslikka chaqirdi. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan elektr energiyasida kuzatilayotgan nosozlik bo‘yicha komissiya tuzildi. Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr energiyasi to‘liq tiklanganini xabar qildi. Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatining bir qator hududlarida ichimlik suvi ta’minoti tiklandi. Toshkent IESning faoliyati qisman tiklanib, 7 ta energoblokdan 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi.
Energiya tanqisligi ortidan O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi. Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.
SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.
26 yanvar soat 02:30 ga borib O‘zbekistonning 7 ta hududida elektr ta’minoti to‘liq tiklangani xabar qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!