«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi faollari O‘zbekistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklash taklifini ilgari surdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
«Adolat» SDP faollarining ta’kidlashicha, TikTok’da o‘zgalar hayotiga daxl qiluvchi nomaqbul kadrlarning ko‘payayotgani mazkur masalaga jiddiyroq yondashish lozimligidan dalolat bermoqda. Bunga partiya a’zolari samarqandlik maktab o‘quvchisining otasi tengi erkak yuziga tepgani misol qilib keltirilgan.
«Biz ‘Adolat’ sotsial-demokratik partiyasi faollari zo‘ravonlikka tamomila qarshi insonlar safida turib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xalqimizning o‘lmas, bebaho qadriyatlariga hamohang tarzda, yoshlarimizni millatimizga yod bo‘lgan har qanday g‘oya va qarashlardan himoyalash tarafdorimiz.
Bunday sharafli yo‘lda kerak bo‘lsa, jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirishimiz, foydasidan ko‘ra ziyoni ko‘p bo‘layotgan internet tarmog‘idagi TikTok singari mobil ilovalarni sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz voqea-hodisalarni hisobga olgan holda butunlay bloklashimiz lozim. ‘Shusiz ham taqiqlar mavjud-ku’, deyishimiz mumkin. Biroq ko‘r-ko‘rona mashhurlikka o‘ch yoshlar ongini zaharlab, ijtimoiy tarmoqda shuhrat qozonishga ‘oltin ko‘prik’ vazifasini o‘tayotgan TikTok bilan tiktokerlarimiz VPN ilovasi orqali ulanish imkoniyati borligi bu masalani ham o‘rganib chiqish zarurligini ko‘rsatadi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Tvitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2 iyul kuni esa O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi.
Keyinchalik «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklashni taklif qildi.
Toshkent shahar hokimi «Toshkent yoshlar forumi — 2020» doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «tiktokerlarga taqiq qo‘yish emas, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish bo‘yicha ish olib borishimiz kerakligi» haqida aytgan edi.
«TikTok bir platforma, u yerda turli kontent bor. Hamma o‘ziga kerakli kontent oladi. Ming afsuski, taqiq qo‘yilgan odamlar kerakmas kontentlarga kirgani ko‘rinib turibdi. Agar kerakli kontentlarga kirilsa, hech qanday platformaning zarari yo‘q, deb o‘ylayman. Mening fikrimcha, tag‘in bilmadim», — degan edi hokim «Toshkent yoshlar forumi – 2021» doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar